Haqiqat va bidʼat
“Gumanitar fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Azimov.X, Alimuxamedova N, Abduraxmonova I, Normatov O, Botirova X boshchiligida 15.-mart kuni 2 Talabalar turar joyida “Aqidada adashmaylik. Diniy ekstremizm va terrorizm tarixi va ildizlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazishdi. Davra suhbatida, talabalarga islomiy guruhlarning tarixi va bugungi kundagi faoliyatlari, ularning jamiyat va insoniyat inqiroziga ne chogʻli salbiy taʼsir etayotganlarini isbotlari bilan tushuntirishdi
Buning sababi sifatida oʻqituvchilar tomonidan, islom dinida chuqur (gʻuluv) ketish yoki yengil qarash ekanligi, islomiy bilimlarni soha mutaxassislari emas, “koʻcha olimlaridan” oʻrganayotganliklari, yoki moddiy manfaat ekanligi bilan izohlashdi. Yoshlar qanday qilib buzuq aqidalarga ergashib qolayotganlari, toʻgʻri eʼtiqod tanlay olishlari uchun qanday yoʻl tutishlari, kimlardan va qanday adabiyotlardan foydalanish kerakligi aytib oʻtildi. Shu maqsadda gumanitar fanlar kafedrasi oʻqituvchisi
Abduraxmonova I. koʻchma kutubxona tashkil qildi. Yoshlar bilib bilmay keraksiz va zararli oqimlar adabiyotlarini qoʻllariga olib qoʻyishlarining oldini olish maksadida, talabalarga bugungi kunda, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, diniy qoʻmita ruxsati bilan chop etilayotgan kutubxonalardan topish mumkin bulgan adabiyotlar bilan tanishtirdi. Bu adabiyotlardan talabalar oʻzlarining mazhablari, fiqh ilmi, kalom, islom dinining farzlari, gunoh, xalol va harom, ijtimoiy odoblar kabi diniy bilimlarga ega boʻlishlari mumkinligi aytildi. Talabalar bu adabiyotlarga katta qiziqish bilan qaradilar va roʻyxatlarini yozib oldilar. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Oʻqituvchilar talabalarning savollariga atroflicha javob berishdi. Davra suhbati oʻta qizgʻin ruhda oʻtdi.
Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov