«Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi»
Bugungi kunda ta’limga ayniqsa, maktablarda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o‘tilayotgan fanlar sifatini, o‘qituvchilar salohiyatini har tomonlama oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tibor bugun har qachongidanda muhim vazifa hisoblanadi.
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag‘ishlangan bayram tabrigida «Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi», degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko‘rilmagan e’tibor qaratilmoqda. "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakultetining "Elektrotexnika va mexatronika" kafedraci o‘qituvchilari Baratov R.J., Shoyusupov Sh.A., Cho‘lliev Yo.E., Pardaev A.I va Begmatov M.T. lar 2021-yil 17-mart kuni
O‘rtachirchiq tumanidagi "Ko‘kmo‘yin" MFY dagi 41-umumta’lim o‘rta maktabning 11-sinf bitiruvchilari bilan kasbga yunaltirish buyicha uchrashuv o‘tkazdi. Institutdagi fakultetlar va yo‘nalishlar haqida keng qamrovli tushunchalar berdi. Bitiruvchilar bilan o‘tkazilgan qizg‘in muhokamada institutimiz bitiruvchilari kelajakda qaysi korxonalarda ish faoliyatlarini olib borilishlari mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.
"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi stajer-assisenti A. Mustafoqulov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati