“Hard work” – “Broad cooperation” – “Good results” shiori yoki ilmiy ishlar natijalarini xalqaro hamjamiyatda e’tirof etilishiga erishish borasidagi shaxsiy tajriba”
Joriy yil 18 may kuni professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar hamda ilmiy izlanuvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish va shu kabi masalalar yuzasidan doimiy tarzda tashkil etib kelinayotgan seminar treninglar o‘tkazish davom qildirildi. “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professori Karimov Baxtiyor Qurambayevichning “Hard work” - “Broad cooperation” - “Good results” shiori, yoki, ilmiy ishlar natijalarini xalqaro hamjamiyatda e’tirof etilishiga erishish borasidagi shaxsiy tajriba” mavzusida ONLINE tarzda vebinar tashkil qilindi.
Seminar treningda 100 ga yaqin professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishdi.
Professor Karimov Baxtiyor O‘zbekiston olimlari Ilmiy faoliyatning xalqaro hamjamiyat tomonidan iqtiboslarga asoslangan e’tirof etilish tarixi, tahliliy natijalar hamda o‘zining ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqgan holda aniq faktlarga asoslangan holda bir qancha foydali ma’lumotlari bilan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Seminarda xususan, xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi (Scopus va WoS)dan samarali foydalanish, xalqaro talablar asosida nufuzli xorijiy ilmiy hamda yuqori impakt faktorli jurnallarga maqolalar tayyorlash, topshirish hamda “h” indeks ko‘rsatkichlarini sun’iy tarzda oshirilishi holatlarini oldini olish bo‘yicha qiziqarli savollar javoblar berib o‘tdi. O‘z o‘rnida barcha ishtirokchilar tomonidan bunday tadbirlarni tashkil etish naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi hamda bu o‘z navbatida ilmiy izlanuvchilarga juda katta foydasi tegayotganligi haqida o‘z fikrlarini bayon etishdi.
Ma’lumot tariqasida, seminar-trening bo‘yicha video ma’ruza Staff.tiiame hamda institutning You tube tarmog’idagi rasmiy kanallariga joylashtirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga kelgusida ham bunday ONLINE seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, turkum mavzular va shiorlar ostida tashkil etib borilishini ma’lum qilamiz. Bunday seminarlarni tashkil etish va unga oid sizni qiziqtirgan savollar hamda takliflar bo‘lsa TIQXMMI Ilmiy bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.
TIQXMMI Ilmiy bo‘limi axboroti.
TIQXMMI matbuot xizmati