Folkmar Klyayn boshchiligidagi Germaniya Bundestag delegatsiyasining institutga tashrifi
Folkmar Klyayn boshchiligidagi Germaniyaning Bundestagi (Parlamenti) deputatlar, ushbu davlatning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari 17 iyun kuni institutga rasmiy tashrif buyurishdi.
Delegatsiya tarkibi quyidagicha:
1. Folkmar Klyayn (Volkmar Klein) – deputat
2. Gabriel Veber (Gabriele Weber) – deputat
3. Markus Frommayer (Markus Frohnmaier)– deputat
4. Ottmar fon Xols (Ottmar von Holtz)– deputat
5. Til Mansman (Till Mansman)– deputat
6. Anetta Ferxeyn (Anette Verheyen) – sekreteriat referenti
7. Kristofer Fuks (Christopher Fuchs) – Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisining o‘rinbosari
Institutimiz rektori O‘. P. Umurzakov tashrif buyurgan mehmonlarga mezbonlarni tanishtirgandan so‘ng institutning ilmiy va ilmiy faoliyati haqida batafsil so‘zlab berishdi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.T. Salohiddinov tomonidan institut tarixi va hozirda amaldagi Germaniya oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlari, shu jumladan, Gumboldt universiteti, Berlin texnika universiteti, Gissen, Gettenburg universiteti, Xalle universiteti, GIZ lar bilan hamkorlik loyihalari xususida ma’lumot taqdim etildi.
Deputat Folkmar Klyayn tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirib o‘tdi. So‘ngra Caroline Milow GIZ moliyalashtirgan “Markaziy Osiyoda chegaraviy suv resurslarini boshqarish” mavzusidagi loyihaning maqsadi, vazifalari va olingan natijalari haqida batafsil to‘xtab o‘tdi. Mehmonlarda loyiha doirasida savollarga batafsil javob berildi. Institut rahbariyati ham mavzuga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Institut rektori tomonidan tashrif buyurgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini izhor qilishdi va ularga institut logotipi tushirilgan lagan va esdalik sovg‘alar berildi. Tarixiy voqeadan esdalik sifatida Germaniyalik mehmonlar va institut rahbariyati bilan birgalikda sur’atga tushshdi.
So‘ngra mehmonlar “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining GIZ moliyalashtirgan “Suvdan avtomatlashgan tarzda foydalanish” ilmiy-amaliy laboratoriyasi bilan tanishdi. Ushbu kafedraning magistranti E’zoz laboratoriyaning ishlash jarayoni va afzalliklari xususida kengroq tushuncha berdi hamda amalda sinab ko‘rsatildi. Institut va Germaniya tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihalar mehmonlarda ijobiy taassurot qoldirdi. Albatta, bunday hamkorlikni yanada kuchaytirish va loyihalar sonini oshirishni tavsiya etishli.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sherzod Raxmonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov