Yangi vazifalar belgilab olindi...
2021-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar yuzasidan 2021-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov institutimizga tashrif buyurdi va ish beruvchilar tomonidan institutda tashkil etilgan maxsus sinf xonalarini ko‘zdan kechirdi hamda bu tashkiliy ishlarga hukumat raxbari tomonidan yuqori baho berildi.
Institutda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib chiqish jarayonida Bosh vazir tomonidan Institut va ish beruvchilar xamkorlikni kengaytirish, ta’lim siftini oshirish, xalqaro andozalarga mos oliy ta’lim muassasiga aylantirish, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish uchun qator tashkilotlarga va institut rahbariyatiga topshiriqlar berildi hamda kelajakda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati