Ishlab chiqarish zavodida yangi dars amaliyoti boshlandi
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida kooperatsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan texnikalarda import qismlari ulushining yuqoriligi, agrar sektorni texnika bilan ta’minlashning barqaror tizimi mavjud emasligi, texnikalarga servis xizmati ko‘rsatishning to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda ilm-fan bilan ishlab chiqarishning uyg‘unlashmaganligi ushbu sohaga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son qarori ijrosi yuzasidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida bir qator vazifalar amalga oshirilayapti. Yangi 2019/2020 o‘quv yilida Buning isboti sifatida, joriy yilning 18 sentyabr kuni Institutning “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari zavodda, ya’ni yangi tashkil qilingan filialda, birinchi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi.
Institut matbuot markazi rahbari Rahimboy Jumaniyozov