Toshkent politexnika muzeyiga uyushtirilgan sayyor dars
Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent politexnika muzeyi eng qiziquvchan insonlarning bilimga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilganligi sir emas. Shu maqsadda, O‘zbekistonda transport va avtomobil sanoati, qishloq xo‘jaligi texnikasi taraqqiyot tarixi, buyuk olimlarning ixtirolari haqida hiqoya qiluvchi muzey to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida "Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishining 406 guruh talabalari tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida, muzeyning “O‘zbekiston avtomobilsozligi tarixi” eksponanti O‘zbekiston avtomobilsozlik tarixining ahamiyatga molik bo‘lgan voqealar bilan tanishishga ega bo‘lishdi.
Talabalar muzey eksponatlarida taqdim etilgan jahon avtomobilsozligining nodir namunalari bilangina tanishib qolmasdan, balki “Jahon avtomobilsozligi tarixi” bo‘limida insoniyatning buyuk kashfiyoti - g‘ildirakning ixtiro qilinishi tarixi, tezkor harakat davrining darakchilari bo‘lmish ilk avtomobillar maketlarini ko‘rish, ishlab chiqarilgan birinchi avtomobil tarixi bilan tanishdi. Talabalar qiziqarli taassurotlarga ega bo‘lishdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi prof.v.b. Matyakubov B.Sh. axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov