Institut koʼrki ustoz va shogirdlar bilan
Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yigʼilishi qarori xamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsilash muhandislari institutida ishlab chiqilgan va rektorat tomonidan tasdiqlangan chora-tadbir va reja-grafikga asosan 2020-yil 16-noyabr kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti, “Suv xoʼjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʼnalishi 1-bosqich,101-guruh talabalariga dars mashgʼulotlari anʼanaviy tarzda boshlandi.Dars mashgʼulotlarini boshlashdan oldin guruh murabiysi B.Sh.Matyakubov 101 -guruh talabalarini yana bir bor Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Suv xoʼjaligi va melioratsiya” taʼlim yoʼnalishi talabasi boʼlganligi bilan muborakbod qildi. Hamda institutda bilim olishga muvaffaqiyatlar tilagan holda, barcha fanlarni yuqori darajada oʼzlashtirishlari uchun intstitutda barcha sharoitlar yaratilganligini aytdi. Shu bilan bir qatorda talabalar doimo sogʼ va omon boʼlishi va belgilangan karantin talablariga rioya qilishi toʼgʼrisida tushunchalar berdi.
TIQXMMI matbuot xizmati