Yosh avlodni ilm-fanga bo`lgan munosabati
Zamonamiz juda tez fursatda rivojlanamoqda. Ayniqsa, Ilm - fan sohasidaпш yangiliklar odamni hayratga solarli darajada. Shu boisdan prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan joriy 2020-yilga Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb nom berildi. Quvonarlisi yosh avlod vakillarining ham ilm va marifatga bo`lgan qiziqishlari ortib bormoqda! Ana shunday qiziquvchan talabalar uchun 2020 - yil 14 - fevral kuni Geostars jamoasi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlarini tashkil etish bo`limi mutaxassislari tomonidan “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida Maqola yozish sirlari nomli mahorat darsi o`tkazildi.
Spiker Dilmurod Akbarov tomonidan endigina ilmiy faoliyatini boshlash arafasida bo`lgan talabalar uchun maqolani yozishda nimalarga etibor berish kerakligi, mavzuning dolzarbligi va hozirgi kunda qay tartibda hayotga tadbiq etilishi haqida malumot berildi. Training qiziqarli tarzda davom etdi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. O`z vaqtlarini ayamasdan mahorat darsini o`tkazishga yordam bergan Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlarini tashkil etish bo`limi xodimlariga o`z minnatdorlik bildiramiz!
YRB fakulteti yoshlar matbuot kotibi Sh.Hamidullayev
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov