Stipendiya va sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 20.04.2017y. PQ2909-sonli, “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24.05.2017y. PQ3003-sonli, ” Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 08.05.2018y. PQ 3702-sonli qarorlariga mos holda ta’lim, fan va ishlab-chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Sanginov Abdug‘ani Abduraxmonovichning 2018 yil 18 sentyabrdagi 155-sonli buyrug‘i bilan “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan TIQXMMI va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalariga nomli stipendiya to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom” rasmiylashtirilgan.
Ushbu “Nizom” asosida o‘tkazilgan tanlovda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 nafar talabaga “O‘zbekgidroenergo” AJ stipendiyasi sertifikatlari 2019 yil 8 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutning “B” o‘quv binosidagi majlislar zalida tashkilotning “Kadrlar va o‘quv yurtlari boshqarmasi” boshlig‘i Inoyat Sohibovich Sunnatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
1. “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Elmurotov Farxod Muxammatovich 3 minimal oylik ish haqi miqdoridagi (608190 so‘m) stipendiyaga; 
2. “Gidrotexnika qurilishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi To‘lqinov Akromjon Rustamovichga 4 minimal oylik ish haqi miqdoridagi (810920 so‘m) stipendiyaga; 
3. “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Yusupov Muxammadsodiqjon Siddiqjonovich 5 minimal oylik ish haqi miqdoridagi (1013650 so‘m) stipendiyaga; 
4.“Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi” magistratura mutaxassisligi 1-kurs talabasi Qurbonov Shaydobek Shuxratovich 6 minimal oylik ish haqi miqdorida (1216380 so‘m) stipendiyaga; 
5.“Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va ularning tashxisi” magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabasi Xazratqulov Islomjon Obid o‘g‘li 6 minimal oylik ish haqi miqdoridagi (1216380 so‘m) stipendiyaga sazovor bo‘ldi.

“O‘zbekgidroenergo” Aksiyadorlik Jamiyatining nomli stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Z.Sultonov, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.B.Hasanov, “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani A.J.Isaqov tabriklashdi. 
O‘z navbatida nomli stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalar “O‘zbekgidroenergo” Aksiyadorlik Jamiyati rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

“GTQ” fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov