Kiyinish madaniyati – shaxs ma’naviyati
Toshkent irrigatsiya va qishloq xujaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash raisi Z.K. Ismoilova rahbarligida GM fakulteti bo‘yicha Kengash azosi Z.F. Beknazarova, GIM fakulteti bo‘yicha Kengash azosi B. Mamadaminova va talaba qizlari ishtirokida 2021-yil 19–fevralda “Kiyinish madaniyati” to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi. Tashqi ko‘rinish – insonning kim va qanday ekanligi haqida dastlabki ma’lumotni beruvchi, uning turmush tarzi va hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyati ekanligini inobatga olgan holda oliy ta’lim muassasasi jamoasi kiyinish madaniyatiga rioya etishi lozim.
Jamoa a’zolarining oliy ta’lim muassasasiga me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibga nomuvofiq kiyinish taqiqlanadi. Jamoa a’zolari va talaba qizlar oliy ta’lim muassasasiga orasta bo‘lib, unga monand kiyimda kelishi lozim. Muassasada rahbar xodimlar, pedagog va talabalar kasbiga mos holda kiyinishlari talab etiladi.
Tadbir davomida Kengash raisi Z.K. Ismoilova institutda talaba qizlarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati xaqida gapirib o‘tdilar. Talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va takliflari bilan murojaat qilishdi. Tadbir juda qizg‘in tarzda savol javoblar bilan o‘tkazildi.
TIQXMMI matbuot xizmati