TIQXMMIning “Start-UP” loyihalari munosib o’rinlarni qo’lga kiritdi.
Buguni kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, ilm-fanga berilayotgan imkoniyatalar ko’z ko’rib quloq eshitmagan o’zgarishlar yoshlarni har tamonlama qo’llab quvvatlash ularning ilmiy loyihalari rag’batlantirish shuning barobarida yoshlarning ilmiy salohiyatlarini amalga oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Evroosiyo muhandislik kompaniyasi” MChJ (Rossiya EEC) xamkorligida “World innovation youth forum-2020” birinchi xalqaro innovatsion forumi o’tkazildi. Forumda yoshlar uchun uchta: “2020-yil uchun eng yaxshi 20 ta startap”, “WIF-2020” doirasida “Eng yaxshi loyihalar”, “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni tanlovlari tashkil etilgan bo’lib, 2021-yilni 9-fevral kuni nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlanib, taqdirlandilar.
Tanlovga jami 519 ta loyiha topshirilgan bo’lib ulardan eng yaxshilari tanlab olindi. Taqdirlash jarayonida Texnobus innovatsion o’quv platformasida hududlarda mahorat darslarini tashkil etish va ushbu mahorat darslarida tashabbus ko’rsatgan yoshlarga, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Olimjon To’ychiyev hamda "Shensedai" Yoshlar markazi boshqaruv raisi Igor Li tomonidan pul mukofoti hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi a’zolik sertifikatlari va esdalik sovg’alari topshirildi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki ushbu tashkil etilgan birinchi xalqaro “World youth innovation forum – 2020” forumida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining yosh olimlari, talaba hamda magistrantlari munosib ishtirok etishib, ularning 5 ta “Start-up” loyihalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Bular:
-Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakultetining “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Usmanov A.M., tayanch doktorant Ozodov E.O. va magistrant Yusupov M. ning “Defuse-IT” loyihasi 2 bosqichdan muvaffaqiyatli o’tib qishloq xo’jaligi yo’nalishining eng yaxshi loyihasi nominatsiyasida faxrli 1-o’rini hamda 30 000 000 so’m,
-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultetining “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi 2-bosqich tayanch doktoranti Ravshan Botirov va kafedra assistenti Rustam Xudoyqulovlar “Elektr tokida harakatlanuvchi bog‘dorchilik mini traktori” loyihasi bilan faxrli 3-o‘rinni hamda 10 000 000 so’m,
-Gidromelioratsiya fakultetining “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Hydroleaders” iqtidorli talabalar jamoasining bir guruh vakillari Hydroleaders jamoasi (rahbar Samiev Luqmon Naimovich) 2020-yilning eng yaxshi 20 ta startap loyihalari" tanlovida jamoaning yosh ixtirochisi Elmurodov Muhriddin bilan birgalikda ishtirok etishib 50 000 000 so‘m,
-Hydroleaders jamoasi yosh a’zolari Tursunqulov Avazbek Odiljon o‘g‘li va Mamatov Valijon Ikromjon o‘g‘li boshchiligida bir guruh talabalar Hydropower loyihasi bilan "Eng yaxshi loyihalar" tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallashdi va 30 000 000 so‘m,
- Gidromelioratsiya fakultetining “Suv xo’jaligi melioratsiyasi” ta’lim yo’nalishi 2 bosqich talabasi Bahromov Asil “Tuproqni va suvni sho’rlanganlik darajasini aniqlab beruvchi konduktometr” loyihasi bilan 2020-yilning eng yaxshi 20 ta StartUp loyihalari" tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib 60 000 000 so‘m pul mukofotlari hamda Yoshlar akademiyasining a’zolik sertifikatlarini qo’lga kiritishdi. Shunday e’tibor va e’tirofga sazovor bo’lgan iste’dod egalarini chin yurakdan muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz.
TIQXMMI matbuot xizmat