Buyuk shoirni xotirlab

O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov XX asr o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biridir. Xususan, asrimizning ikkinchi yarmidagi she’riyatimizni uning hayratomiz va betakror asarlarisiz tasavvur etish amri mahol.

QSXET fakulteti TTTEM yo‘nalishi talabalari bilan 5+1 ta’limi ya’ni talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida biz yana buyuk shoir O‘zbekiston qaxramoni A. Oripovni eslab institutimizdi tashkil qilingan shoirning nomiga qo‘yilgan yoshlar bog‘iga tashrif buyurishni lozim ayladik. Tashrif chog‘ida talabalar shoirning ijod namunasidan keltirib o‘tdilar.

Qo‘ling ochiq ketma dunyodan, jo‘ra,

Bir o‘tov, to‘rt echki mayli bisoting.

Har kimga mingashib yurgandan ko‘ra,

Qirchang‘i esa-da bo‘lsin o‘z oting.

Balki tortinchoqdir farzand — arjumand,

Do‘stlar ham ko‘kdagi qushlarga monand.

Biri novvot bo‘lsa,birovi-chi qand,

Ular bor- shirindir taxir hayoting.                   A. Oripov

Bunday ulug‘ shoirning ijodi va uning hayoti bilan qancha ko‘p bahramand bo‘lsang xam oz albatda.

“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi stajer-o‘qituvchisi A. Mustafoqulov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati