O’z sayyorangni tartibga keltirib qo’y
“Sen o’z harakatlaring bilan yashayapsan, jisming bilan emas… Sen – o’zingni harakatlaringdasan, sendan boshqa sen yo’q. Shunday qat’iy qoida bor: ertalab uyg’ondingmi, yuz–qo’lingni yuv, o’zingni va o’z sayyorangni tartibga keltirib qo’y” _____ Antuan de Sent-Ekzyuperi. Bahor kelganligi uchun barcha yerlar go`zalikka burkangan, gullarga, tabiatga qarab ko`ngling ko`tariladi. Institutimiz bog`lari ham shunaqa tabiat go`zalligiga burkangan.
Biz ham bunga o`z xissamizni qo`shib tozalik va ozodaligaga befarq bo`lmasak yanada chiroyli bo`ladi. Shu munosabat bilan 17-aprel kuni professor-o`qituvchilarimiz boshchiligida ekologiya va tozalik kunini o`tkazdilar. Sayyoramiz tozaligiga ozroq bo`lsada o`z xissalarini qo`shdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati