An-Nasafiy izdoshlari
TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi akademik litseyi jamoasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida 17-aprel kuni matematika fanidan “An-Nasafiy izdoshlari“ fan olimpiadasining viloyat bosqichi o’tkazildi. Olimpiadaning birinchi bosqichi tuman va shahar miqyosida o’tkazildi, bunda eng iqtidorli o’quvchilar viloyat bosqichida yo’llanma asosida ishtirok etdilar. Barcha tumanlarda o’tkazilgan fan olimpiadasining yakuniy bosqichi TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi akademik litseyda bo’lib o’tdi. Karantin qoidalariga amal qilgan holda ro’yxatdan o’tkazish 800 da boshlandi va 1000 gacha davom etdi. Olimpiada test sinovlari boshlanishidan avval barcha o’quvchilar ota-onalar va o’qituvchilar boshchiligida faollar zaliga yig’ildi va TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi akademik litsey direktori Y.Q.Toshmurodov so’zga chiqib olimpiadaning maqsad va vazifalari, nizomi va umumiy qoidalari bilan barcha o’quvchilarni tanishtirib o’tdi va barcha o’quvchilar, nazoratchilar boshchiligida olimpiada uchun tayyorlangan maxsus zalga joylashtirildi. 25 ta ochiq va 5 ta yopiq test savollarini yechish uchun o’quvchilarga 90 daqiqa vaqt berildi va 1010 da boshlangan test sinovlari 1140da yakunlandi. Olimpiada o’tkazolish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida o’quvchilar bilan kelgan ota-onalar va o’qituvchilar orasidan ko’ngillilar ajratib olindi va ular ham jarayoniga jalb etildi.
Natijalar yakuniga ko’ra 1-o’rinni olgan Kitob tumani 5-maktab o’quvchisi 87 ball bilan Xoliyorov Muhammad Salom o’g’li mikroto’lqinli pech va 1-darajali diplom; 2-o’rinni olgan Dehqonobod tumani 6-maktab o’quvchisi Islomov Davron Elboy o’g’li 86 ball bilan tefal termos va 2-darajali diplom; 3-o’rinni egallagan Kitob tumanidan Raximov Asqar Mahmud o’g’li esa dazmol kabi qimmatbaho sovg’alarga va 3-darajali diplom ega bo’lishdi. Qolgan 10-o’ringacha bo’lgan o’quvchilar esa Sertifikat va esdalik sovg’alari bilan mukofotlandi.
Fanlarning shohi hisoblangan matematika fanidan o’tkazilgan fan olimpiadasi shunday ko’taringi kayfiyatda o’z yakuniga yetdi. Bu olimpadada qatnashgan o’quvchilar bilmagan narsalarini o’rganib, bilganlarini esa yanada mustahkamlab olgan bo’lsalar ajab emas. Aslida, bizning oliy maqsadimiz shu edi. Bizda bu kabi tadbirlar esa davomli bo’ladi.
TIQXMMI matbuot xizmati