Ko‘chma dars mashg‘uloti
2019 yil 15-may kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishidagi 305 - 306 - guruhlariga “Energiya tejamkorlik asoslari” fanidan laboratoriya ko‘chma dars mashg‘ulotlarini “Gidroponika markazi” DUK korxonasida soat 10:00 dan 11:20 gacha samarali tashkil etib talabalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalari va uning ishlash prinsiplari bilan tanishtirildi.
“Energiya tejamkorlik asoslari” fani bo‘yicha avtonom elektr stansiyasi zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalari bo‘yicha energiya tejamkor elektr uskunalar bilan tanishtirildi va tushunchalar berildi.
Darslarni «ET va EJF» kafedrasi assistentlari va O.Matchonov olib bordi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov