Bosh murabbiylarning yillik hisobotlari qanday oʼtmoqda?
Tahlil xolislik bilan asosli ravishda tanqidiy nazarga qurilsa, taklif, tavsiya va topshiriqlar ham har tomonlama ahamiyatli boʼladi. Hisobotlardan koʼzlangan maqsad ham ana shudir. Toʼgʼri, bir yil mobaynida qilingan ishlarda qandaydir kamchiliklar boʼlishi mumkin, baʼzilari esa aʼlo darajada bajarilgan boʼlishi mumkin. Buning sabablarini izlash, aytish, nuqsonlarni bartaraf etish, keskin ravishda chora-tadbirlar koʼrish taʼlimdagi tizimlilik va tarbiyadagi tartibga xizmat qiladi. Shunday ekan, ana shu jarayonda masʼullikni qoʼlga olish zarur. TIQXMMI rektori prof. Umurzakov Oʼktam Pardaevichning 2020 yil 15 iyundagi 26-sonli farmoyishiga binoan institutda murabbiylar kengashi faoliyati natijalarini oʼrganish va hisobotlarini eshitish yuzasidan jadvalga muvofiq fakulьtetlar murabbiylarining hisobotlari eshitilib muhokama qilinmoqda.
Bugun, yaʼni 18 iyunь kuni soat 13.00da dastavval, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulьtetining murabbiyi Bahodir Hakimovning, soʼngra esa soat 15.00da esa “Gidromelioratsiya” fakulьtetining murabbiyi Dilshod Nazaralievning hisobotlari tinglandi. Hisobotlar yigʼilishida fakulьtet dekanlari boshchiligida barcha murabbiylar hamda fakulьtetda taʼlim-tarbiyaga masʼul mutasaddilar ishtirok etishdi. Hisobot yigʼilishi ZOOM platformasi orqali masofadan turib amalga oshirildi. Har ikkala hisobotda ham komissiya raisi sifatida institut yoshlar boʼyicha prorektori Ruzimurat Choriev ishtirok etib hisobotdan koʼzlangan maqsad va uning tartibi hamda tarkibi borasida oʼz mulohazalarini bildirib oʼtdi. Soʼngrayoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Zuhriddin Haydarov moderator sifatida 2019-2020 yillarda institutda maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy-tarbiyaviy ishlarni tahlil qilish hamda murabbiylar kengashi faoliyati natijalarini sarhisob qilish boʼyicha oʼtkazilayotgan tadbirni boshqarib bordi.
Dastavval, B.Hakimov oʼz hisobotida 2019-2020 oʼquv yili mobaynida GIM fakulьteti misolida qilingan ishlar yuzasidan slaydlar asosida taqdimot dasturi bilan chiqish qildi. Talabalar, ota -onalar va pedagoglar orasidagi bogʼliqlik, ularning oʼzaro burchdorligi va daxldorligi qay yoʼsinda boʼlgani, institut hayotidagi tadbirlarda fakulьtet yoshlarining ishtiroki, sanʼat va sport sohasida erishilgan yutuqlar borasida soʼz yuritdi.
Keyin esa hisobot yuzasidan savol va javoblarga oʼtildi. Qizgʼin bahs va munozaralar tarzida kechgan muhokama jarayonida bir yil mobaynida yoʼl qoʼyilgan ayrim kamchiliklar roʼyi rost aytildi. Komissiya raisi va institut Bosh murabbiyi Zuhra Ismoilova hamda institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozovlarning keskin savollariga javob berishga biroz qiynalgani sezildi. Lekin tan olish kerakki, fakulьtet miqyosida ancha ibratli ishlar qilingan, maqsad bundan-da yaxshi boʼlsin, muhimi, yanada yaxshi boʼlishiga imkon boʼladigan kafolatli kuch borligini eʼtirof etishdir. Chunki bu fakulьtetda nafaqat institut miqyosida, balki respublika darajasidagi mavqe va nufuzga ega boʼlgan professorlar Qiyomiddin Nazarov va Shohista Oʼljaevalar borligini, ularning ilmiy-ijodiy imkoniyatlaridan foydalanish zarurligini Komissiya raisi qayta-qayta uqtirdi. Soʼngra fakulьtet dekani Begmat Norovga soʼz berildi. U yutuqlar bilan birga baʼzi bir nuqsonlar boʼlishi ham tabiiyligini eʼtirof etib kelgusi yilda yangi kuch va gʼayrat bilan ish tutib, aytilgan kamchiliklarni butunlay bartaraf etishlarini taʼkidladi.
Soat 15.00da kun tartibidagi muhokama etilayotgan masala yakunlangan oʼquv yilida “Gidromelioratsiya” fakulьtetida yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlarning amalga oshirilganligi holati hamda mazkur yoʼnalishda qilingan ishlar sarhisobi boʼldi.Hisobotda fakulьtet bosh murabbiyi Dilshod Nazaraliev tomonidan yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, guruh murabbiylarining yil davomidagi faoliyati, pandemiya sharoitida murabbiylarining talabalar bilan masofadan turib ishlashida erishilgan yutuqlari va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar toʼgʼrisida atroflicha fikr bildirdi.
Bu hisobot oldingisidan ham shiddatliroq tarzda kechdi. Bahsva munozaralar boshlandi. Dastavval, komissiya raisi R.Choriev tadbirlarning oʼtkazilishi, turli musobaqalarda fakulьtet yoshlarining ishtirokidan koʼngil toʼlavermasligi bilan bogʼliq holda bir nechta savollar berdi. Onqadar javoblar berilgach, institut bosh murabbiyi professor Zuhra Karabaevnaning ham keskin tarzdagi savollari fakulьtet murabbiyini bir muncha dovdiratib qoʼygani ham rost. Soʼngra ayrim eʼtiroz va eʼtiroflarga fakulьtet dekani Аlisher Fathullaev toʼla-toʼkis javob berishga intildi. Kamchiliklar ham yutuqlarimiz ham oʼzimizniki, biz hammasidan toʼgʼri xulosa chiqargan holda, ish tutsak jahon reytingida oldingi safda boʼlamiz va bayroqni qoʼldan bermaymiz deya oʼz mulohazalarini bildirib oʼtdi.
Hisobotlar eshitilgandan soʼng Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor R.Chorievga xulosa oʼrnida yakuniy soʼz berildi. Komissiya raisi jumladan, shularni qayd etdi: biz qanchadan qancha katta tadbirlarni rejalashtirgandik, afsuski, pandemiya pand bergani sabab ularni tashkil eta olmadik. Lekin yangi oʼquv yilida yanada yangidan-yangi rejalarimiz, tadbirlarimiz bor. Biz ularni birgalikda amalga oshiramiz. Hisobot jarayonida sal qattiqroq gapirgan boʼlishimiz mumkin. Bu hammasi institutimiz mavqeini, jahon miqyosidagi nufuzini saqlab qolish va yanada ulkan yutuq va rejalarga ega boʼlishimiz uchun kuchlarimizni birlashtirib gʼalabalar sari safarbar qilishdir. Ochigʼini aytish kerak, ishlayapmiz, ishlamayapmiz emas, lekin bor imkoniyat va qobiliyatimizni ishga solayapmizmi, afsuski yoʼq. Xafa boʼlish kerak emas, baʼzi murabbiylar, hatto pedagoglar nimalarnidir bahona qilib, eshiklarni bekitib skopus uchun maqola yozayapmiz deyishlari kulgili emasmikan. Izlagan ham, izlangan ham imkon topadi. Shunday murabbiylar, tarbiyachi - pedagoglar bor, bahona topishga ustasi farang. Hatto, murabbiylarning oʼzini tarbiyalash kerak. Аdashmasam, 142ta shtat birligi qisqarayapti. Oʼz ishiga masʼuliyat bilan yondashadigan, taʼlim va tarbiya jarayoniga birdek qaraydigan, faol oʼqituvchilar qoladi endi institutda. Masalaga jiddiy yondashing. Majburiyat burchi bilan masʼuliyat hissi amaliga koʼchgan jamoani har doim yutuq va zafarlar qarshilayveradi. “Gidromelioratsiya” fakulьteti institutimizda yetakchi fakulьtet boʼlishi kerak. U barchaga oʼrnak va ibrat boʼlishi zarur. U lokomativ fakulьtet boʼlishi shart. Baʼzan shu savolni bera turib oʼzim hijolat tortaman. Toʼgʼri, hisobotdagi koʼpgina ishlar eʼtirofga sazovor, lekin eʼtirozga moliklar ham yoʼq emasligini bugungi ishtirokchilarning oʼzlari ham tan olishayapti, nazarimda. Koʼplar ChАT orqali yozishmalar qilishayapti bizning mulohazalarimizga, bahoimizga zid ravishda yozishmalar qilayotganlari ham bor. Mayli, ular bilan ham maslahatlashib maqsadlarimiz mushtarakligini tushuntirarmiz, balki ulardan joʼyali fikr, tavsiya va takliflar ham chiqar. Biz qabul qilamiz. Birovni yomon otliq qilish niyatimiz yoʼq, hammangizni hurmat qilamiz, oʼzimizga, faoliyatimizga jiddiyroq, tanqidiy nazar tashlab, oʼz-oʼzimizni taftish qilish vaqti yetganini eslatmoqchimiz, xolos. Prezidentimiz taʼlimga eʼtibor qilib, pedagogning ijtimoiy nufuzini yuksaltirib, maoshlarini oshirib, ilm, maʼrifatni yuqori tutib turgan bir paytda biz eʼtiborsiz va loqayd boʼlsak, bilmadim, bu bizga yarasharmikan? Rektorimiz yaxshi ishlagan, pedagogni, tarbiyachi, murabbiyning nomini menga bering, mukofot beraylik, ragʼbatlantiraylik deydilar doim. Kimni ibrat va oʼrnak qilib koʼrsatamiz? Bir oʼylab koʼringlar. Nazarimda, hamiyatingizga tegadigan gap qilmadim, sogʼ boʼlinglar.”
Institut bosh murabbiyi Z.Ismoilova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Z.Haydarov, institut Yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi А.Berdimurodov va boshqalar hisobotlar yuzasidan oʼzlarining qimmatli taklif va tavsiyalarini bildirdilar.Har ikkala hisobot yakunida guruh murabbiylarining fikr va mulohazalari ham eshitildi, qayd etildi.
TIQXMMI matbuot xizmati