Zamon bilan hamqadamlik

Har davrning o’z talab va taqozosi bor. Shunday ekan, davr bilan hamnafas bo’lish  g’ayrat-shijoatdan, davlatimiz va hukumatimiz talablariga “labbay” deb javob berish va yuksak intellektual salohiyatdan dalolat beradi. Internet saytlarida bizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutimiz oldingi qatorlarda turgani haqidagi xabar barchamizga faxr-u iftixor baxsh etadi.

O‘zbekistonda ilk marta OTMlar reytingi tuzildi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston OTMlari reytingini ishlab chiqdi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” shunday xabar beradi.

Reyting  rivojlangan davlatlarning  ilg‘or  tajribasi  hamda QS, ARWU, TIME kabi yirik reyting agentliklari uslublariga tayangan holda tuzildi. Oliy ta’lim muassasalari jami 23 ta indikator asosida baholandi.

Mart-iyun oylarida 57 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyati tahlil qilindi va tajriba-sinov tariqasida reyting ishlab chiqildi.

Natijada kuchli 10 talikka quyidagi oliy ta’lim muassasalari kirdi:

1. O‘zbekiston milliy universiteti;

2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;

3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

4. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

5. Samarqand davlat universiteti;

6. Toshkent tibbiyot akademiyasi;

7. Toshkent davlat stomatologiya instituti;

8. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

9. Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti;

10. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Reytingda quyi pog‘onalarni egallagan 10 ta oliy ta’lim muassasalari quyidagilar bo‘​ldi:

48. Namangan muhandislik-texnologiya instituti

49. Navoiy davlat pedagogika instituti

50. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

51. Qarshi davlat universiteti

52. Jizzax politexnika instituti

53. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

54. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

55. Milliy rassomchilik va dizayn instituti

56. Jizzax davlat pedagogika instituti

57. Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

Bundan tashqari, ijtimoiy-gumanitar, texnika, texnologiya, qurilish, san’at, madaniyat, sport hamda tibbiyot sohalari bo‘yicha ham reytinglar shakllantirildi.

Barcha oliy o’quv yurtlari qatorida hamma reyting natijalari bo’yicha ijobiy natijalar, ibratli ko’rsatkichlar bilan oldingi safda borish tuyg’usi bizga kuch va qudrat baxsh etadi.

“Gumanitar fanlar” kafedrasining o’qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti 

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov