Geodezik qiymatlarni geoaxborot tizimi dasturlarida qayta ishlash
Hozirda deyarli barcha tarmoqlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini yuritadi. Axborot texnologiyalari kommunikatsiyada, boshqaruv sohasida, ularning asosida ta’lim dasturlari, geologik-qidiruv va resurslarni qazib olish, zamonaviy sanoatda, tibbiyotda, xavfsizlikni ta’minlashda zarur bo‘lgan yuqori texnologiyalar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Institutimizda ta’lim olayotgan har bir talaba qaysi yo‘nalishda ta’lim olishmasin albatta o‘zlarini sohalariga tegishli bo‘lgan yangiliklar, ma’lumotlarni Axborot texnologiyalari bilan bog‘liq holda bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Bugun 19 oktyabr 2018 yil 3 juftlikda Geodeziya va geoinformatika kafedrasi katta o‘qituvchisi Muxtorov O‘zbekxon Burxonovich “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi 4 bosqich talabalariga Geodezik qiymatlarni geoaxborot tizimi dasturlarida qayta ishlash mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchi hamda institut Ilmiy kotibi, dotsent, Oymatov Rustam Kamariddinovich ishtirok etishdi.
Ma’ruza avvalida ma’ruzachi GAT oilasiga mansub dasturiy ta’minotlar haqida talabalarga tushinchalar berib, Geoaxborot tizimining zamonaviy dasturlari va ArcGIS dasturi va uning ilovalari to‘g‘risida quyidagicha ma’lumot berdi:
“Hozirgi vaqtda jahonda ko‘plab GISlar ishlab chiqilgan, lekin ularning imkoniyatlari bir xilda emas. Zamonaviy GISlarni dasturiy ta’minotlarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Chungi bu dasturlar GIS ni turli bosqichlarida turli masalalrni hal etishda foydalaniladi. GIS dasturlari istalgan kartalarni yaratish imkonini beruvchi, kuchli rivojlangan, hujjatlashtirilgan va turli xususiyatli ma’lumotlarni kompyuterga kiritish vositalariga ega bo‘lgan (degitayzerlar, skanerlardan tortib to kosmik tasvirlarga ishlov berishgacha), juda katta hajmli axborotlarga ishlov beruvchi va quvvati ancha katta ishchi stansiyalarni, yoki juda katta quvvatli shaxsiy kompyuterlarga va tarmoqli kompyuter tizimlariga o‘rnatilgan dasturlarni keltirish mumkin. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida xozirgi kunda eng mashxuri va ko‘plab davlatlarda, jumladan O‘zbekistonda xam foydalanib kelinayotgani ESRI kompaniyasining ArcGIS dasturidir.” Ma’ruza so‘ngida Oymatov Rustam Kamariddinovich mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti