Institutimizda yangi rasmiy delegatsiya

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIM) instituti ijrochi direktori Said Shakel Shax, institut direktor o‘rinbosarlari Liang Zichin va Iskandar Abdullaev,  strategik rejalashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Batsayjan Zagdragcha tashkil topgan rasmiy delegatsiya institutimizga tashrif buyurdi. 

Institut rektori prof. U.Umurzakov institutning o‘quv va ilmiy faoliyati bilan tanishtirib o‘tishdi. Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarining tanishtirish va faoliyatlari xususida so‘zlagancha, MOMIM ijrochi direktori S.Shax tomonidan institutning keng qamrovli faoliyati haqida ma’lumot berildi. Muzokarada mintaqadagi qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, transport va logistika sohalardagi islohotlar xususida o‘zaro fikr almashishdi.

Institut rektori, prof. U.Umurzakov tomonidan MOMIMning tadbirlarida ham institut resurslaridan foydalanish taklifi kiritildi. Taklif o‘rinli ekanligi va o‘rganib chiqilishi aytib o‘tildi. Muzokara o‘zaro iliq va do‘stona shaklda o‘tdi.

Uchrashuv so‘nggida esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov