O‘n kunliklar bo‘yicha sug‘oriladigan maydonga beriladigan “netto”, “brutto” suv sarflari va suv hajmining miqdorini hisoblash
Bugungi kunda ilm-fan qatorida qishloq xo‘jalik sohalarida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Suv iste’molchilar uyushmalari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarida suvdan foydalanish bugungi kunda sug‘orish inshootlari va tarmoqlarning yaroqsizligi natijasida 830 ming ga yerlarni sug‘orishda qiyinchiliklar bo‘lmoqda. 1 mln 300 ming ga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, 18 ming km kollektor-drenaj tarmoqlarini bosqichma-bosqich tozalash, 103 ta yirik, 720 ta o‘rta va kichik suv inshootlarini yangilash va ta’mirlash kerakligi to‘g‘risida prezidentimiz tomonidan qattiq tanqid qilindi va mana shu tadbirlarni amalga oshirish uchun 1,5 trln mablag‘ ajratildi.
Shu mavzuda bugun institutimiz Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi assistenti Muxammadiyeva Matluba Tohirovna 4 bosqich talabalariga Ochiq ma’ruza o‘tdi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti