TIQXMMIga yangi delegatsiya tashrif buyurdi
Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Kaminina Nadejda Rostislavovna, Iqtisodiyot va moliyaviy tekshiruv bo‘yicha prorektor Dimniy Sergey Sergeevich institutimizga rasmiy tashrif buyurishdi. Shuningdek, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi Abdullayev Abdushukur Xamidovich, Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi boshlig‘i Ergeshov Ixtiyar Maxkambayevich, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Abdugafurova Zilola Abdullayevna ham delegatsiyaga hamrohlik qilishdi. TIQXMMI rektori prof. O’.Umurzakov uchrashuvni ochib bergandan so‘ng, institut haqida videorolik qo‘yib berildi.
Delegatsiya rahbari Nadejda Rostislavovna Toshkentda MIIGAiK filialini ochish niyatida ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Rektor prof. O‘.Umurzakov buning uchun har tomonlama va puxta o‘rganib chiqish, jumladan, huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy omillarini keng qamrovli o‘rganish lozimligini aytib o‘tdilar. MIIGAiK rektori Nadejda Rostislavovna yuqorida sanab o‘tilgan masalalarni har tomonlama o‘rganib chiqib yana bir bor tashrif buyurishini ta’kidlab o‘tdi. TIQXMMI rektori prof. O‘.Umurzakov doim yordamga tayyorligini aytib o‘tishdi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlarni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbayev fakultet GAT va Geodeziya laboratoriyalari, auditoriya va ma’ruza zallarini ko‘rsatishdi. So‘ngra mehmonlar EkoGATda joylashgan Situatsion markaziga olib borildi. U yerda GAT va masofadan zondlashning so‘nggi texnologiyalarini qo‘llagan holda olingan ilmiy natijalar bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, masofadan zondlash va GAT texnologiyalarni qo‘llagan holda Sirdaryo, Navoiyda olingan ilmiy natijalar xususida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar institutimizga kelganidan bag‘oyat xursand bo‘lishganini va kelgusida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov