Ijodkor qizlar davrasi

2020-yil 18-dekabrda 3 talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog А.Xayitova tashabbusi bilan “Ijodkor qizlar davrasi” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda institutimiz “Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi” raisi Z.Ismailova, kengash aʼzolari Z.Hafizova, N.Xoliqova, O.Roʼziqulova, Yer resurslarini boshqarish fakulьteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, “Pedagogika, psixologiya va oʼqitish metodikasi” kafedra professor-oʼqituvchilaridan: D.Mustafoeva, D.Muqimova, TTJ derektori I.Buxorov va institut psixologi M.Muxamedova va А.Аzimovlar hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi. Nozik jussalariga yarashgan, chiroyli milliylik ufurib turgan kiyimlarni kiyib olishgan, sochlari oʼzlariga yarashigʼlik turmaklangan qizlar 5 ta muhim tashabbus doirasida eng faollari – epchilligu chaqqonlikda, pazandalikda, zukkolik va bilimda oʼzlarining boshqalardan ustun ekanliklarini bildirish maqsadida oʼz iqtidorlarini barcha yigʼilganlarga namoyish etishdi. Mazkur tadbirda 5ta muhim tashabbus doirasida koʼrgazmali liboslar, mazzali salatlar, musiqiy chiqishlar, hamda milliy kurash va sahnaviy chiqishlari bilan yigʼilganlarni xushnut etilar. 

Tadbir soʼngida “Yurtboshimiz ilgari surgan besh tashabbusni toʼla amalga oshirishni biz ziyolilar oʼz zimmamizga olishimiz zarur,” – dedi institutimiz “Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi” raisi professor Z.Ismailova – Bugun oʼzini jamiyat taraqqiyoti uchun burchliman, degan inson uygʼonmasa boʼlmaydi! Uygʼoqlik – jamiyat hayotiga befarq boʼlmaslik, loqayd yashamaslik demakdir! Bu borada qilishimiz zarur boʼlgan ishlarimiz juda koʼp. Bugun kimdandir koʼrsatma kutib oʼtiradigan davr oʼtdi. Har bir ongli inson qalb amri ila oʼzi harakat qilmogʼi zarur. Davlatimiz rahbarining “Ziyo nuri – oliygohdan boshlanadi” degan soʼzlarini oʼzimizga shior qilib olishimiz darkor. Ertaga bu qizlarimiz nafaqat oilada yaxshi beka, farzanlariga yaxshi ona qolaversa jamiyatimizda munosib ish oʼrinlarini egallashlariga biz ishonamiz deb oʼz fikrlarini bildirib oʼtdilar. Tadbir soʼngida barcha talaba- qizlarimizni kirib kelayotgan yangi 2021 yil bayrami bilan tabriklab, ota-onalarini ham institut rahbariyati nomidan tabriklab qoʼyish kerakligi aytib oʼtildi.

TIQXMMI matbuot xizmati