Axborot sohasini isloh qilish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash
Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolprning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida soʻz yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini taʼminlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar oʻz fikr va gʻoyalarini sodir boʻlayotgan voqealarga oʻz munosabatini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib boʻlmasligini yaxshi tasavvur etamiz.
Talaba-yoshlar oʻz fikrlarini erkin bayon qila olishi hamda ularni oʻz fikr munosabatlari bilan oʻrtoqlashish maqsadida bugun 2019 yil 1 aprel 1 jeuftlikda “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti 401 guruh talabalari bilan birgalikda Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va asoslari fanidan “Axborot sohasini isloh qilish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.
Ochiq darsni “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Xalima Botirova oʻtkazdi. Ochiq darsda kafedraning professor-oʻqituvchilari shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi t.f.d. Allayeva Nigora Ashirovna hamda qiziquvchilar ishtirok etishdi. Dars yakunida oʻqituvchilar oʻtkazilgan ochiq dars yuzasidan oʻzlarining oʻz fikrlarini bildirdilar hamda talabalarning kelajakdagi ishlari uchun muvaffaqqiyat tilab qoldilar.
“Oʻqitishning texnik vositalari” boʻlimi boshligʻi M.Tosheva axboroti