Poytaxt bo‘ylab sayohat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining joriy yilning 16 apreldagi 87-01-253 - sonli xatiga muvofiq, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarining O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, “Humo arenasi” va “Toshkent siti” (“Toshkent City”)ga tashrifi yuzasidan reja-jadvali tasdiqlandi. «Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 2 - kurs talabalari guruh murabbiylari bilan birgalikda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, “Humo arenasi” va “Toshkent siti” (“Toshkent City”)ga borib kelishdi. Bunday sayohatdan talabalarimiz “O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi” qurilishi jarayonlari bilan borib tanishishdi. Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ma’sul Bekzod ob’ekt bilan tanishtirdi. Shuningdek “Humo” arenada ekskursiya davomida talabalarga “Humo” arenasi to‘g‘risida, o‘tkaziladigan tadbirlar va sport musobaqalari haqida ma’lumotlar berildi. Arenaning bo‘limlari, maxsus bo‘limlari bilan tanishildi, dizayn jihatdan arena to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Talabalar ishtiyoq va qiziqish bilan ekskursiyada faol ishtirok etishdi. Yangi multifunksional muz majmuasi – O‘zbekiston uchun eksklyuziv loyiha va bugungi kunda azim shaharning eng a’lo sport-madaniyat markazi degan nomga da’vogar va sazovor bo‘lmoqda. Talabalar sayohat davomida ilm-fanni chuqur o‘zlashtirish o‘z kelajagi va mamlakat taraqqiyoti uchun katta hissa bo‘lishini qalbdan tuydilar.
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekan muovini H.Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov