Vatanni sevish iymondandir
1-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «Yer resurslarin boshqarish» fakulteti, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchiligi vakillari bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik – oliy fazilat” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirning birinchi qismida O`zbekiston Respublikasi Olimpiya qo`mitasi Respublika sport tibbiyot ilmiy amaliy markazi psixologi Zilola To`laganovaning treningi bo`lib o`tdi.
Tadbirning ikkinchi qismida O`zbekiston xalq ta’lim a’lochisi, yozuvchi Obiddin Mahmudovning FARZANDNOMA kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi. Kitob haqida tayyorlangan videorolik va yozuvchi dramaturg Usmon Azimning “Kunduzsiz kechalar” spektaklidan parcha namoyish etildi. Tadbir qiziqarli savol javob formatida bo`lib o`tdi. Faol qatnashgan 4- kurs talabalari Sh.Abdug`niyev, B.Yunusov, J.Abdurazzoqov va O.Abdullayevlar yozuvchi tomonidan FARZANDNOMA kitobi va audio yozuvlari jamlangan CD disklar bilan taqdirlandi. Ushbu tadbirdan talabalar o`zlari uchun juda foydali ma’lumotlarga ega bo`lishdi.
Farzandnoma tilga kirganda…
Tarbiya- ota-ona bilan farzand o`rtasidagi ipsiz bog`lovchi mustahkam rishta.
Mehr va qattiqqo`llik, o`zaro ishonch va samimiyat ramzi.
Go`zal tarbiya – o`z vaqtida, lozim tarzda hamda mantiqiy davomiylik asosida olingan to`g`ri tarbiyaning samarasi hisoblanadi.
Bilim – insoniyat topgan javohirlar sandig`ining nodiri, aql shamchirog`i, ixtirolarning a’losi, ne’matlarning noyobi erur…
YRB fakulteti yoshlar yetakchisi Sh. Hamidullayev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov