Buvijonim liboslari xoc-u mos
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 8-oktyabrdagi 87-02-2586 - sonli xatining ijrosini ta’minlash bilan birqatorda talaba qizlarimizni milliy liboslarimizni targ‘ib qilish maqsadida Joriy yilning 17-yanvarida institutda “Buvijonim kiygan liboslar” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Libos — kishining tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, tafakkuri hamda ichki xislatlarini o‘zida namoyon eta olish xususiyatiga egadir. Har bir kishi o‘zi kiygan libosi orqali boshqalar tasavvurida kim va qanday odam ekanligini ko‘rsatib beradi.
Ushbu tadbirda institutning GIM va GTQfakulteti talaba qizlari va H.Olimjon nomli mahxalla fuqarolar yig‘ini mutaxassisi M.Abduraxmanova va Lashkarbegi MFY mutaxassisi Z.Rasuliy va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Bugungi kunda yurtimizda kiyinish madaniyatiga bo‘lgan e’tibor talab darajasi sifatida ko‘rilmoqda. Ayni kunlarda “Ommaviy madaniyat” ta’siri ostida Yevropa mamlakatlarida hozirda urfga kirgan “yirtiq-yamoq” kiyimlarni biz ko‘cha-ko‘ylarda yoshlarimizda ham ko‘rib bormoqdamiz. Ochig‘i oxirgi paytlarda bularni ko‘raverib, ajablanmay ham qo‘ydik.
Z.Rasuliy so‘zga chiqib, ushbu tanlovni o‘tkazishimizdan asosiy maqsad esa yoshlarimizni ma’naviyatida tarixiy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini oshirish, kelajakda ular barkamol inson bo‘lib tarbiya topishiga erishishdir. Albatta, buning zamirida yoshlarimizning kiyinish madaniyatiga bo‘lgan munosabati yaxshilanadi, shu bilan birga o‘zbek milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda davom etadi.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi b.t.raisi Z.Xafizova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov