Xalqning mustahkam qalqoni
“Armiya – xalqimizning mustahkam qalqonidir!” – deya ta’kidlaydi yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev. Mustaqilligimizning ilk yillaridayoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Bugungi kunda Qurolli kuchlarimiz salohiyati, mard o‘g‘lonlarimiz jasorati bian faxrlansak arziydi.
Qurolli kuchlarimizning davlatimiz tinchligini saqlashdagi beqiyos ahamiyatini teran anglash maqsadida “Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakulteti Xotin-qizlar ko‘mitasi tashabbusi bilan fakultetning faol talaba qizlari o‘rtasida “Mening Armiyam – mening faxrim!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda faol ishtirok etgan va o‘z fikrlarini ijodiy ruhda ravon bayon etgan qizlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.
“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakulteti Xotin-qizlar ko‘mitasi raisi A.T.Sanbetova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov