Kaykovus: “Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir”. (“Qobusnoma”dan)

O‘tgan yakshanba kuni "Yoshlar" telekanali orqali "ochiq dars" ko‘rsatuvi efirga uzatilganidan xabaringiz bor. Unda institutimizning madaniyat saroyida barcha fakultetlarning dekanlari va o‘rinbosarlari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishgan. Ta’limning sifati va samarasi asosan o‘qituvchining kommunikativ kompetensiyasiga bog‘liq.

Muhtaram prezidentimiz talab etayotgan ta’lim tizimidagi amaliy natijalar pedagog va talabalarning o‘z fikrini emin-erkin ifoda etishiga daxdorligi oynadek ravshan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida, 27 dekabr kuni Muhammad Al - Xorazmiy nomidagi ijod maktabidagi yoshlar bilan uchrashuvlaridagi nutqida hamda 24 yanvardagi xalqimizga murojaatnomasida ham ana shu masalaga e’tibor qaratilgani bejiz emas.

Chunki yoshlarning liderlik mahorati, yetakchilik salohiyati ularning nutq madaniyati va muloqot mahorati, notiqlik san’atiga aloqador.

 Ushbu ko‘rsatuvni ko‘rish orqali o‘zingiz yuqoridagi mulohazalarning qay darajada to‘g‘riligiga iqror bo‘lasiz degan ilinjdamiz.