“Xalqaro qishki maktab-2019”
Joriy yilning 11-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bir guruh talabalari Qozog'iston Respublikasining Olmaota shahridagi Qozog’iston milliy agrar universitetiga "Xalqaro qishki maktab-2019" da ishtirok etish uchun 9 nafar bakalavr, 4 nafar magistrant, 2 nafar tayanch doktorant va 1 nafar assistentlar jo'nab ketishdi.
TIQXMMI talabalar delegatsiyasini Qozog'iston Respublikasi Olmaota shahrida munosib kutib olishdi. Qozog'iston milliy agrar universitetida "Xalqaro qishki maktab - 2019" ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur xalqaro qishki maktabni Qozog'iston Milliy Agrar Universiteti rektori Espelov Tlektes Isabuy o'g’li ochib berdi.
"Xalqaro qishki maktab-2019" da magistrant va talabalar AQSH, Polsha, Rossiya, Turkiya, Ispaniya, Shvetsiya, Italiya, Janubiy Koreya, Pokiston, Finlandiya, Gollandiya, Chexiya, Serbiya, Qozog'iston va boshqa davlat professor-o'qituvchilari qo'l ostida malaka oshiradilar. Ochilish marosimida faol qatnashgan talabalarimizga sertifikatlar topshirildi. Ta'kidlash joizki, bu yilgi Qishki maktabda O'zbekistondan 30 ga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda.
Bundan tashqari 13-fevral kuni "Xalqaro qishki maktab-2019" ning 3 - kunida erta tongdan TIQXMMI hamda Qirg'iziston, Qozog'iston Respublikalari talabalari bilan birgalikda "Scientific Production Center of Agricultural Engineering" ishlab chiqarish kompaniyasiga tashrif buyurishdi. TIQXMMI talabalari "Scientific Production Center of Agricultural Engineering" bosh direktori bilan uchrashib, kompaniyada yaratilgan shart sharoitlar, qilingan ishlar yuzasidan axborot va tushunchalar oldi. TIQXMMI talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kerakli bilimlarni olishmoqda.
TIQXMMI talabalari Qozog'iston va Qirg'izistonlik do'stlariga haqiqiy O'zbekcha osh damlab berishdi. O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistonlik talaba, magistrantlar joy olgan 1-talabalar turar joyida "Xalqlar do'stligi" nomli konsert dasturi tashkil etildi. Unda 3 mamlakatning milliy an'analari, urf-odatlari aks ettirilgan chiqishlar bo‘ldi. O'zbekistonlik ishtirokchilar O'zbekcha palov, Qozog'sitonlik va Qirg'izistonlik ishtirokchilar an'anaviy taomlari bilan barchani mehmon qilishdi.
Konsert Qozoq milliy baxshichilik san'ati bilan ochib berildi. TIQXMMI talabalari "Xalqaro qishki maktab-2019" tashkilotchilariga institutimiz rahbariyati, shaxsan rektorimiz nomidan katta salom aytib, esdalik sovg'larini topshirdilar. Belorussiyalik professor-o'qituvchi, har kuni TIQXMMI talabalari uchun ma'ruzalat, ilmiy-ishlar va mahorat darslarini o'tib kelishmoqda.
Qozog'iston Milliy Agrar Universiteti yosh olimlar tashabbusi bilan yoshlar yili doirasida BMT yosh olimlar agrosanoat kompleksining birinchi xalqaro forumi tashkil etildi. Forumning maqsadi Qozog'iston Respublikasi zamonaviy qishloq xo'jaligi fani va agrosanoat kompleksining dolzarb muammolarini hal qilish uchun yosh olimlarning ijodiy faoliyatini birlashtirish va rivojlantirishdan iborat.
Suv resurslarini boshqarish, yashil iqtisodiyot, veterinariya, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi, innovatsion texnologiyalar va qishloq xo'jaligida texnik vositalar, tabiiy resurslarni boshqarish, agroinnovatsiya, yoshlar forum doirasida quyidagi sohalarda "start-up" loyihalari va tadqiqot va rivojlanish natijalarini namoyish etish ekinlar, agro-turizm, forum doirasida mahorat darslari tashkil etildi, bu tajriba almashish, professionalizmni shakllantirish imkonini beradi.
Xalqaro hamkorlik bo’limi uslubchisi A.Xamraliyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov