Istiqbol intellektual yoshlar bilan
2019-yil 19-fevral kuni bir qancha proffesor-o‘qituvchilar, magistr talabalar ishtirokida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi magistrlari Namozov S., Mustafoqulov A,. Sultonov S.lar o‘zlarining dissertatsiya mavzulari asosida tayyorlagan 3-chorak bo‘yicha hisobotlarini bahs- munozaraga boy tarzda namoyish qilishdi.
Mazkur tadbir asosida magistrlar tinglovchilarga o‘z mavzulariga tegishli bo‘lgan Respublikamizdagi bir qancha muammolarni va ularning yechimlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi.
Tadbir so‘ngida “Qishloq xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultet dekani Isakov A.J., t.f.d. prof. Yusubaliyev A.M., va kafedraning boshqa proffesor-o‘qituvchilari tomonidan bo‘lajak olimlarimizga kerakli maslahat va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
“ET va QTEM” kafedrasi magistranti A.Mustafoqulov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov