Davra suhbatida
2020 yilning 25 fevral kuni TIQXMMI "Ekologiya va suv resurslarini boshqarish" kafedrasi dotsenti X. Nazarov “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi qo‘mitasi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi”da Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, Orol muammolariga bag‘ishlab ekologiya va atrof muhit muhofazasi qo‘mitasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi:
- Orol dengizining qurish sabablari;
- Orol dengizining ekologiyaga ta’siri va salbiy oqibatlari;
- Orol dengizini tiklash maqsadida qilinayotgan sa’y-harakatlar;
- Orol dengizi natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlarni bartaraf qilish yo‘llari;
- Dastlabki kunlarda erishilgan natijalar haqida so‘z yuritildi.
TIQXMMI matbuot xizmati