“Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuv”
2021- yil 17-fevral kuni TIQXMMI majlislar zalida Institut talaba yoshlari va professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari uchun “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor vazifalari” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Fayzieva Dilorom Husniddinovna-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi, Jo‘raev Qodir Asadovich-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Nodir Xosiyatovich Jumaev- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi, O‘ktamjon Shukurullaevich Islamov- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi hamda bir qator deputatlar va ekspertlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni Institutimiz 1-prorektori Mirzaev Baxodir Suyunovich kirish so‘zi bilan ochib berib, tashrif buyurgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vakillari va ekspert mutaxassislarni yig‘ilganlarga tanishtirib o‘tdi. Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini tahlil qilish va ularni ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida shuningdek, mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi. Davra suhbati qizg‘in ochiq muloqot ruhida savol-javoblar ostida o‘tdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti
TIQXMMI matbuot xizmati