Adib ijodiga bir nazar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi "Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 502-son qarori ijrosi yuzasidan institutimizda O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovni ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar rejalashtirilgan. “Adib ijodiga bir nazar” rukni ostida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbir 2021-yil 20-fevral kuni soat 10:00 da O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasida o‘tkazish rejalashtirildi. Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, institut matbuot xizmati raxbari R.Jumaniyozov, YERB fakultet dekani Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini X.Eshova, institutning xotin-qizlar kengashi a’zosi Z.Hafizova, "Erdan foydalanish" kafedrasi o‘qituvchisi Yu.Usmonova va 1 kurs talaba-yoshlar ishtirok etishdi. “So‘zda sehr bor, she’rda esa hikmat”, deyiladi hadisda. Xalqimiz azal-azaldan she’riyatga oshno, she’rning qadrini asrlar davomida yuksaklarga ko‘targan zakiy xalq.
Shu asnoda xalqimiz ichidan ham she’riyat olamining zabardast vakillari yetishib chiqqan. Mana shunday shoirlardan biri O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘ladi. Tadbirda adibning zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan o‘lkan hissasi, davlat va jamoat ishlaridagi faolligi, yosh ijodkorlarni tarbiyalashdagi jonkuyarligi haqida so‘z yuritildi. Biz Abdulla Oripov deganda, buyuk iste’dod egasi, yorqin siymo, ham ijodi, ham hayot yo‘li bilan ibrat bo‘lgan ustoz keladi, – deydi Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon. – Ustozning nomlari allaqachon xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan. Biz Abdulla Oripov deyishimiz bilan “O‘zbekiston – Vatanim manim”, "Men nechun sevaman O‘zbekistonni?", “Birinchi muhabbatim” va boshqa ko‘plab she’rlar keladiki, ular bugun xalq hikmatlariga aylanib ketgan. Har kuni madhiya bilan uyg‘onamiz, madhiya bilan uyquga ketamiz. Ustoz xalqimiz qalbidan o‘zining bebaho ijodi, o‘tli satrlari, olmos fikrlari bilan o‘rin olgan ijodkor.
Xo‘sh, bugun bizning shoir oldidagi vazifamiz nima? Ayniqsa, yoshlarning vazifasi nima, degan savollarga shunday javob beraman: Abdulla Oripov she’rlaridagi mazmun-mohiyatni, hikmatni chaqish kerak, kelajak avlodlarga bu bebaho merosni bus-butun yetkazish kerak. U insonning har bir she’lari chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi deb aytib o‘tdi. Darhaqiqat O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she’riyati katta o‘rin tutadi. Shuningdek, shoirning ijodiga uning she’rlariga qiziquvchi fakultetimiz iqtidorli, tashabbuskor talaba-yoshlarimiz uning she’rlarini aytishdi. Tadbir mazmunli bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tashkil qilgan barcha tashkilotchilaga tashakkur aytamiz.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati