O‘zbekistonda mavzuli kartalarni yaratish: tarix, nazariya va amaliyot

Kartografiya davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi va “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o‘rtasida tasdiqlangan shartnomaga asosan TIQXMMI Yer resurslarini boshqarish fakultetining “Geodeziya va geoinformatika” yo‘nalishi 3-bosqich 2-guruh talabalariga “5+1” dasturi asosida “Raqamli kartografiya asoslari” mavzusida amaliy mashg‘ulot darsi o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulot korxonaning “Elektron kartografiya” bo‘limi boshlig‘i J.Xoliqov va kafedra dotsenti S.Abduraxmonovlar tomonidan olib borildi.   

Bundan tashqari talabalarga korxona faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish uchun xodimlar bo‘limi boshlig‘i N.Nozimov tomonidan korxonadagi ish o‘rinlari, korxonada faoliyat yuritish uchun talabalarga qo‘yiladigan bilim, ko‘nikma va tajribalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.  Mashg‘ulotlar qiziqarli savol javoblarga boy tarzda olib borildi. Talabalr elektron kartalarni yaratish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti v.b. Abduraxmonov Sarvar Narzullaevich ma’lumoti
TIQXMMI matbuot xizmati