Ta’lim tizimida uzluksizlik tamoyillari

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim». Shu nuqtai nazardan 2021yil 18-fevral kuni  “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi tashabbusi bilan O‘rta Chirchiq tumani 56-maktab bitiruvchilari o‘qituvchilar va maktab direktori hamrohligida institutimizga tashrif buyurdilar. Tashrifning asosiy maqsadi etib institut hayoti bilan  yaqindan tanishish bo‘lib, institutda qaysi sohalarda kadrlar tayyorlanadi, kelajakda institutni tamomlagan mutaxassislar xalq xo‘jaligining qaysi tarmoqlarida faoliyat yuritadilar kabi savollarga javob olish ko‘zda tutilgan edi.

Maktabning bitiruvchi o‘quvchilari bilan “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining professor-o‘qituvchilari  davra suhbati tashkil etib, institutda tayyorlanadigan kadrlar to‘g‘risida, talabalar uchun yangi zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan auditoriyalar, yangi ta’mirdan chiqarilib topshirilgan sport kompleksi, talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar, fakultetlar  va kafedralar qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar hamda  talabalar  tomonidan amalga oshirilgan turli loyihalar va yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan turli ilmiy yangiliklari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.  Ushbu davra suhbati davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat etib professor – o‘qituvchilardan ularga  javoblar oldilar.

Fakultet rahbariyati hmda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining professor-o‘qituvchilari maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarini institut kutubxonasi, o‘quv binolari, laboratoriya xonalari va boshqa bo‘limlarga ekskursiya tashkil etdilar.  O‘quvchilarda ayniqsa, fakultetning  laboratoriya binosi katta taassurot qoldirdi. Ular u yerda olib boriladigan o‘quv va ilmiy tadqiqot tajribalari o‘tkazilishi, tajriba natijalarini tahlil qilish haqidagi suhbatlarni maroq bilan tingladilar. Maktab bitiruvchilari ma’ruza zallarida, rektorat binosi hamda institut oshxonasida ham bo‘ldilar.  Xullas, bitiruvchilarning institutga tashrifi juda qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi. Ular maktabni tamomlgach Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar!

TIQXMMI matbuot xizmati