Talabalar turar joyida davra suhbati
2021-yil 19-fevral kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining professor-o‘qituvchilari dotsentlar Sh.Xodjimuxammedova, A. Babadjanov, A. Tabaev, katta o‘qituvchilar D.Talipova, M.Raxmataliev va assistentlar N.Akramova hamda G. Tashxodjaevlar ishtirokida 3 - Talabalar turar joyida yashovchi “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari bilan uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi dotsenti Sh.Xodjimuxammedova, katta o‘qituvchi M.Raxmataliev hamda assistent G.Toshxadjaevalar tomonidan institutimiz rektori iqtisodiyot fanlari doktori, professor O‘.Umurzakovning “Xalq so‘zi” gazetasining 2021 yil 12 fevraldagi № 31 (7811) sonida e’lon qilingan “Global iqtisodiy, transport va tranzit yo‘laklari integratsiyasi” sarlavhasidagi maqolaning mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi.
Mintaqalararo savdo, madaniy va ilmiy-gumanitar sohalardagi hamkorliknining yangi bosqichi bo‘layotgan Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar temir yo‘lining qurilishi natijasida Janubiy Osiyo va Yevropa qit’asi o‘rtasida Markaziy Osiy orqali yuk tashish muddati, sarf-xarajatlarining kamayishi, Afg‘oniston tinchlik va barqarorlikni ta’minlanishi, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratilishi, mintaqaning tranzit salohiyatining tubdan oshirilishi aytib o‘tildi. Tadbir qizg‘in muhokama ruhida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati