Elektr energiyasini hisobga olish tizimining hozirgi holatida mavjud muammolar
Elektr energiyasini oqimini tarmoqlar kesimida, ayniqsa 0,4 kVli tarmoqlarda nazorat qilib bo‘lmasligi natijasida yo‘qotishlarga aniqlik kiritish imkoni yo‘q. Barcha hisoblagichlarning ko‘rsatgichlarini bir oyda to‘liq yozib olish va dasturga kiritish imkoni yo‘q. Elektr energiyasi to‘lovlarini o‘z vaqtida nazorat qilish imkoniyati yo‘q. Iste’mol miqdorini nazorat qilish va kelajakda iste’molni rejalashtirish uchun aniq ma’lumotlar bazasi mavjud emas. Inson omili aralashuvi sababli hisoblagichlarning almashtirib yuborilishi, nosozligi va qanchalik darajada xatolik bilan hisoblayotganligini o‘z vaqtida aniqlash imkoni yo‘q. Mas’ul xodimlar tomonidan iste’molchini 24 soat nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi sababli elektr hisoblagichlarga tashqi ta’sir ko‘rsatilganda, elektr energiyasidan hisoblagichdan tashqari foydalanish holatlarida o‘z vaqtida xabar topish va bartaraf etish imkoniyati yo‘q. Elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud iste’molchilarni o‘z vaqtida tarmoqdan uzish va to‘lovni amalga oshirmaguncha qayta ulanmasligini nazorat qilish imkoniyati yo‘q. To‘lovni amalga oshirgan iste’molchilarni ko‘p xolatlarda o‘sha kunning o‘zida qayta tarmoqqa ulab berish imkoniyati yo‘q.
Joriy yilning 22 fevral kuni “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasida “Elektr energiyasini uzatishdagi texnologik shartlar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Treningda fakultet dekani professor A.J.Isakov, dotsent N.T.Toshpo‘latov hamkor tashkilot yetakchilari jumladan “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiyasini uzatishdagi texnologik shartlarni tahlil qilish” bo‘lim boshlig‘i S.L.Eshonqulov hamda “Elektr energiyasi hisob rejimini avtomatlashtirish” bo‘lim boshlig‘i B.R.Alimovlar suzga chiqishdi. Seminarda elektr energiyasini uzatishdagi dolzarb muammolar va ularning yechimi, innovatsion texnologiyalar, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha suhbatlar olib borildi. Ushbu seminar-treningda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va o‘z fikrlarini ham bildirib o‘tishdi. Seminar ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Axborot beruvchi: “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti Alisher Davirov
TIQXMMI matbuot xizmati