Muqаddаs dаrgohgа tаshrif

«Irrigatsiya va melioratsiya» kafedrasi dotsenti Аdham Mamatalyiev rahbarligida «Suv xo‘jaligi va melioratsiya» taʼlim yo‘nalishi 402-guruh talabalari Toshkent shahridagi “Аdiblar xiyoboni”ga tashrifni amalga oshirdilar. Bu tashrifdan maqsad Oʼzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston Qahramoni Аbdulla Oripovning yodgorlik xaykalini ziyorat qilishi va xotirasiga hurmat bajo keltirish edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra shu kunlarda O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Аbdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash boʼyicha respublikamiz bo‘ylab ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda. Аbdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Shu sababli talab-yoshlarni bu tadbirlarga keng jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xotira shunday ruhiy-maʼnaviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash – xalq manfaati uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan kishilarni eslashdir. Talabalarimiz Аbdulla Oripovning ijodiy faoliyatini esga olib, yodgorlik xaykalini ziyorat qilgandan so‘ng xiyobondagi adabiyotimiz ravnaqiga umrini bag‘ishlagan boshqa adiblar xaykallarini ham ziyorat qilishdilar.

Yurtboshimizning kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borgan siyosati natijasida yoshlarning kitob oʼqishga qiziqishi orta boshladi. Kitob mutolaasi, adabiyot targ‘iboti davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Muhim 5 tashabbusning to‘rtinchisi ham aynan shu maqsadga qaratilgan. Bu bog‘ni aylangan yoshlarda adiblarning haykallari bilan tanisha turib, ularning asarlarini olib o‘qishlariga ishtiyoq paydo bo‘lishiga hech shubha yo‘q. Shuning uchun ham “Аdiblar hiyoboni”ni yoshlar uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lgan muqaddas dargoh deyish mumkin.

 

TIQXMMI  matbuot xizmati