Nazariy bilimlar endi amalda
Nazariy bilimlar qanchalik chuqur egallanmasin, mukammal bo‘lmasin, bir kunlik amaliyotning o‘rni bo‘lakcha. Nazariy va amaliy bilimlar yonma-yon olib borilsa nur ustiga a’lo nur, qolaversa mustahkam bilimga poydevor bo‘lajak. Huddi shu maqsadlarni ko‘zlagan “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi tomonidan “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 307-guruh talabalari uchun institutimizning Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Ilmiy-o‘quv markazi” da o‘quv amaliyoti tashkil etildi. Ikki hafta davom etadigan ushbu amaliyotda talabalarga “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi dotsenti Bahodirjon Amonov rahbarlik qilmoqda.
Amaliyotning birinchi kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «Texnik salohiyatni mustahkamlash» loyihasi doirasida qurilgan “Suv tejovchi texnologiyalar” bilan tanishtirishdan boshlandi. Amaliyot rahbari tomonidan sug‘orishning zamonaviy usullari, xususan, tomchilatib sug‘orish usuli haqida ma’lumotlar aniq faktlar va amaliy misollar yordamida talabalarga tushuntirilmoqda.