Volgograd davlat agrar universiteti bilan hamkorlik
Har qanday hamkorlik zamirida ikki tomonlama manfaat yotadi. Bu esa taraqqiyotimizning tom ma’nodagi mezonidir, desak yanglishmaymiz. Xuddi shu ma’noda Volgograd davlat agrar universitetining (VolDAU) rektori A.S. Ovchinnikov rahbarligidagi delegatsiya 18 iyun kuni TIQXMMIga tashrif buyurdi. Delegatsiya VolDAU rektori A.S. Ovchinnikov, birinchi prorektor Bocharnikov V.S., tashqi aloqalar, marketing va qo‘shimcha ta’lim bo‘yicha prorektori Ye.N.Patrinalardan tarkib topgan.
TIQXMMI rektori institut rahbarlarini tanishtirish bilan yig‘ilishni ochib berdi. Rektor institutning ta’limiy va ilmiy faoliyati haqida mufassal ma’lumot berdi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.T. Salohiddinov tomonidan institutimizning xorij universitet va tashkilotlari bilan yo‘lga qo‘yilgan loyihalar, shu jumladan, Rossiyaning universitetlari bilan hamkorlikdagi dasturlar haqida ma’lumot keltirdi.
VolDAU rektori samimiyat ila kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildirgan holda universitetning TIQXMMI bilan yo‘lga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha kelishib olindi. Yig‘ilish so‘nggida VolDAU delegatsiyasiga esdalik sovg‘alari ulashildi. VolDAU delegatsiyasiga “D” binodagi laboratoriyalar ham ko‘rsatildi. VolDAU delegatsiyasi TIQXMMIga tashrifidan nihoyatda mamnun bo‘ldi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov