Inson odobi - jamiyat obodi

2 - talabalar turar joyi 4 - qavat foyesida "Qiz bola odobi bilan go'zal " mavzusida tarbiyaviy suhbat bo'lib o'tdi. Bekordan qiz bolani gul demaydilar, qiz bola tug‘ilibdiki, bolaligidanoq unga gulga xos bo‘lgan sifatlar: noziklik, nafislik, sirlilik, go‘zallik, nafosat va yana bu ro‘yxatni ancha davom ettirishimiz mumkin, shular qiz bola nomi bilan birga ulg‘ayadi. Qiz bola tarbiyasi o’ta nozik tarbiyadir. Xalqimizda "Onasini ko’r, qizini ol", degan gap bor. Bu gapning zamirida katta ma’no mujassam. Oilada qiz bola onasining yurish-turish munosabati, hunarmandligidan dars oladi, shu xislatni hayotga tadbiq etishga harakat qiladi. Qiz bola guldek g'ozal, guldek iforli bolishi uni hamma korganga tarbiyasi va uyini toza tutishiga qarab havas qilishi kerak. Yoshlikdan qizlarni ozodalikka, shirinsuxanlikka, o’zidan kattalarni doimo hurmat qilib borishga undash va o'rgatish lozim. Gulsan, gul kabi bo‘l: Go‘zal bo‘l, sirli bo‘l, nafis bo‘l, ozoda bo'l! Tadbirda GM,  QXM, Iqtisodiyot fakulteti talaba qizlari qatnashishdi.

 

Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov