Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz

Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” deyilgan. Shu kabi masalalarga oydinlik kiritish maqsadida, bugun "Inson huquqlarini taminlash - bosh maqsadimiz” mavzusida ZOOM platformasi orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbir rejalashtirildi. Bugungi Onlayn-tadbirga! "Yer resurslarini boshqarish" fakultet dekani Sh.Narbaev, institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov va fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini X.Eshova moderatorlik qildi.

Tadbirda fakultetning professor-o‘qituvchilari, talabalar-yoshlari va boshqa ohlovchilar, xamda Toshkent davlat yuridik universitetini Jinoyat xuquq, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlari doktori Niyozova Salomat Saparovna tadbir mehmoni sifatida ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar, xususan Jinoyat xuquq, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlari doktori Niyozova Salomat Saparovna, "Yerdan foydalanish" kafedrasi professor A.Altiev, o‘z ma’ruzalarida yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng har bir sohada tub islohotlar jarayoni boshlandi. Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi. 1996 yil 13 noyabrdagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qaror orqali Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi Nizom va Milliy markaz tuzilmasi tasdiqlangan. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya’ni, mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o‘qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot ishlarini olib boradi.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo‘li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini, huquq va erkinliklarni himoya etishning ko‘p jihatli tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishdan iboratdir deb ta’kidlab o‘tdi. Mazkur tadbir mutaxassislar tomonidan alohida ta’kidlanganidek, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash kafolati huquqiy demokratik davlat, ochiq hamda adolatli jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, milliy siyosiy va huquqiy tizimning xalqaro huquqiy normalar hamda mezonlarga mos ekanligining muhim ko‘rsatkichidir. Binobarin, zamonaviy jamiyatda inson huquqlari shaxsning huquqiy maqomini tartibga soladigan va uning farovon hamda xavfsiz turmush kechirishi, jamiyat hayotining barcha sohasida erkin faoliyat yuritishini kafolatlaydigan asosiy konstitutsiyaviy institut hisoblanadi. Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini o‘zida ifodalagan demokratik oliy maqsadlarni amalga oshirish, qadriyatlarni chuqur qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.Tadbir so‘ngida qimmatli vaqtini ayamay ZOOM platformasi orqali bizga o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etganliklari uchun minatdorchilik bildirib, bunday tadbirlarni yanada ko‘proq hamkorlik asosida o‘tkazish rejalashtirildi. Bugungi Onlayn-muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

TIQXMMI matbuot xizmati