Qarshi magistral kanalini o‘rganish bo‘yicha Turkmanistonga xizmat safari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori, 2018-yil 8-maydagi PQ-3702 xamda 2018-yil 5-iyundagi PK-3775-sonli qarorlarining ijrosi bo‘yicha Respublikamiz xududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iktisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini kengaytirish, jumladan suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvi bo‘yicha isloxotlarni izchil amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi.

TIQXMMI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi 6024-sonli “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021-yilga mo‘ljallangan Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi (KMK FB) bilan tuzilgan “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi mudiri t.f.d., prof. D.R.Bazarov raxbarligidagi 180 mln so‘mlik “Qarshi magistral kanali nasos stansiyasiga suv olib kelish sohasidagi o‘zandagi jarayonlarni rostlash hamda zemsnaryadlarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” xamda  “Qarshi magistral kanali 1-sonli nasos stansiyasiga suv olib kelish sohasidagi o‘zandagi jarayonlarini baholash hamda zemsnaryadlar va nasos stansiyasi agregatlarini ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish” mavzularidagi xo‘jalik shartnomasiga asosan Turkmaniston xududida dotsentlar S.K.Xidirov va B.E.Norkulovlar dala-tadqiqot ishlari olib borishdi. Dala tadqiqotlar davomida ekspeditsiya a’zolari o‘zandagi jarayonlar jadalligini baxolash, oqim yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha daryo va suv olib kelish kanallari o‘zanlarida gidrometrik, topografik o‘lchovlar o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra KMK ekspluatatsion sharoitini yaxshilash jarayonida qo‘llash uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, KMK FB bilan birgalikda to‘g‘onsiz suv olishni yaxshilash bo‘yicha seminarlar tashkil qilindi. Seminarlar davomida xududda kafedra filialini ochish, ilmiy tadqiqot ishlarini joriy qilishda hamkorlikni kuchaytirish xaqida kelishib olindi. Qo‘shni davlat Turkmaniston xududida pandemiya sharoitiga karamasdan, tadqiqot ishlarini olib borishda yaqindan yordam ko‘rsatgan Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i I.Kurbanov va uning jamoasiga o‘z minnardorchiligimizni bildiramiz.

 

TIQXMMI matbuot xizmati