Yer resurslarini boshqarish mexanizmlari
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23 apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Sabab - Mamlakat ichidagi ayrim hududlar chegaralari koordinatalar tizimiga bog‘lanmagan. Bu yer hisobotini yuritish, yer ajratish, yer munosabatlarini tartibga solish borasida muammolarga sabab bo‘lib kelmoqda. Joylardagi ichki chegaralarni aniqlashda turli muammolar yuzaga kelmoqda, chunki mintaqalarning ma’muriy chegaralarini belgilash ishlari tizimli tashkil etilmaganligi edi.
Bugun 20 oktyabr 2018 yil 2 juftlikda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti “Yerdan foydalanish va yer kadastri” yo‘nalishi 3 bosqich talabalariga Yer resurslarini boshqarish mexanizmlari mavzusida Ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani “Davlat kadastrlari” kafedrasi dotsenti Narbaev Sharofiddin Kengeshovich o‘qidi. Ma’ruzada “Davergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hodimlari Egamberdiev Alisher Abdug‘anievich, Raxmatov G‘olib Abdullaevich, O‘quv-uslubiy boshqarma hodimasi Maftuna Tosheva, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Zarif Muqimov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ma’ruzachi talabalarga mavzuga doir tushinchalarni berib o‘tdi hamda sohadagi muammolarni yechimiga nazariy yondoshishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ma’ruza qiziqarli va munozaraga boy tarzda o‘tdi.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti