Innovatsion yutuqlardan xabardorlik
Nazariya va amaliyotning uyg’unligi, innovatsion g’oyalarga intilish, tashabbus va tashkilotchilik taraqqiyotga zamin hozirlaydi. Bu esa talabalarda ilmiy izlanuvchanlikni o’stiradi, shakllantiradi. Xuddi shu maqsadda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 3-bosqich 2-guruh talabalari "Kartalarni loyihalash va tuzish" fanidan amaliy mashg'ulotlarni ishlab chiqarish bilan uzviy bog'lab, sohadagi innovatsion yutuqlardan xabardor bo'lish maqsadida "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi o'qituvchisi A. Jurayev boshchiligida "GeoinforumKadastr"DUK ga tashrif buyurishdi. Talabalar o‘quv-tanishuv sayohati mobaynida bu yerda kartalarning qay tarzda yaratilishi, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu kabi o‘quv-tanishuv sayohatlaridan ko‘zlangan maqsad talabalarning olayotgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bog‘lash hamda ularning ko‘nikmasini oshirishdir. O‘quv mashg‘ulotlarida berilayotgan bilimlarni mustahkamlash, ishlab chiqarish va fanning o‘zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan ushbu safar talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shu o'rinda "GeoinforumKadastr" DUK direktori Sh. Mayinov ga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov