Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida ATB Turonbank innovatsion ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ochildi
Taraqqiyotning bugungi pallasida axborotlarga, IT texnologiyalariga, raqamli iqtisodiyotga asoslangan bozor iqtisodiyoti rivojlanishining bugungi holati ilm-fan, oliy ma’lumotli mutaxassislar oldiga jiddiy talablar qo‘ymoqda. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kadrlar tayyorlashning “ta’lim-fan-ishlab chiqarish” integratsiyasiga asoslangan moduli samarali hisoblanadi. Shu maqsadda TIQXMMI ning barcha fakultetlarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab innovatsion markazlar ochilib talabalarga ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
Joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetida talabalarni bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish va hozirgi dunyo talabiga mos mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishi maqsadida ATB Turonbank bilan hamkorlikda innovatsion ilmiy-amaliy tadqiqot markazining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori, professor Umurzakov O‘ktam Pardaevich va ATB "Turonbank" boshqaruvi raisi Mirzaev Chori Sadibakasovichlar hamkorlikdagi faoliyatning mohiyati haqida o‘zaro fikr bildirishdi. Prezident stipendiati g‘olibi, "Iqtisodiyot" kafedrasi tayanch doktoranti Sirojiddin Eshmatov, Yoshlar ittifoqi fakulteti kengashi yetakchisi Hayitboy Iskandarov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qo‘shimcha davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga xotin-qizlarni qabul qilish tartibining sovrindori Zilola Rahimovalar ham so‘zga chiqishdi.
Jumladan TIQXMMI “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti "Buxgalteriya xisobi va audit", "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ATB “Turonbank” innovatsion ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xonasi tashkil etilib talabalarga institutda olingan nazariy bilimlarni bevosita bank filiallarida ko‘rish va o‘rganish imkoniyatini yaratib beradi. Shu bilan birgalikda bu hamkorlik professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim yo‘nalishida o‘qitilayotgan fanlarni bankning amaliyotchi mutaxassis xodimlari tomonidan real holatdan kelib chiqqan holda baholanishi, tahlil qilinishi professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun foydali hisoblanadi. Iqtisodiyotning real sektorida, xususan bank sohasida mavjud muammolarni institut professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari tomonidan o‘rganish va ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Qo‘shimcha qilib aytganda, institutning barcha fakultetlarida davlat korxonalari ilmiy-amaliy markazlari ochilishi davomli bo‘lmoqda va kelgusida ham aynan "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talabalarini o‘z sozasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishib chiqishi maqsadida bu kabi innovatsion markazlarni Agrobank xamda Xalq banklari bilan hamkorlikda tashkil etish rejalashtirilgan. Institutning bu kabi harakatlari o‘z samarasini bermasdan qolgani yo‘q, bunga yaqqol dalil sifatida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari reytingida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2018 yilda 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa,
2019 yil natijalari bo‘yicha 2-o‘rinni qayd qildi. Hozirda jahon universitetlarining xalqaro reytingini aniqlovchi Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentliklari tomonidan “Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo” (Emerging Europe and Central Asia – EECA) reytingida mamlakatimizda birinchi bo‘lib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mazkur reytingida 301+ o‘rinni qayd etganligini keltirib o‘tsa bo‘ladi. Bundan tashqari, xuddi shunday yana bitta xalqaro reyting agentligi Times Higher Eduducation (THE) tomonidan ham Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toza suv va sanitariya” yo‘nalishida - 201-300 o‘rin, “Erdagi hayot” yo‘nalishida 201+o‘rinni egallab, dunyo universitetlari reytingida sohasi bo‘yicha 201+ o‘rinni qayd etgan.
TIQXMMI matbuot xizmati