Poydevor oiladan quriladi
Joriy yilning 18-yanvar kuni institutda “Oila-jamiyat tayanchi”shiori ostida maʼnaviy maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirga institutimizni talabalari va professor oʻqituvchilari qatnashdilar. Sh.Shamutolova “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Toshkent shahar boshqarma boshligʻi -“Oila davlat va jamiyat himoyasida” mavzusi boʻyicha - “Oila” ilmiy-tadqiqot markazi Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi rahbari N.Abduraximova, -“Oilada toʻgʻri munosabatlarning oʻrnatilishida diniy taʼlimotning oʻrni” mavzusi boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani bosh imom xatibi A.Mamatov, - “Oilada erkakning oʻrni va uning majburyatlari” mavzusi boʻyicha, texnika fanlari doktori akademik M.M.Mirsaidov, professor-T.Mavlonov,-“Ayol-oila ifori” mavzusi boʻyicha texnika fanlari nomzodi, dos. F.Yunusova, -“Ong ostidagi birinchi poydevor” mavzusi boʻyicha Toshkent shahar boshqarmasi psixologi D. Xajimuxammedova, TIQXMMI psixologi Yu.K.Normetovalar maʼruza qildilar. Talabalar bilan qiziqarli savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
Institut xotin-qizlar qoʻmitasining raisi Z.Xafizova va iqtidorli yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat boʻlimi boshligʻi Z.Xaydarovlar axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov