Yana g‘olib bo‘ldik
Insonning quvnoq va zakovatli bo‘lishi uning hayotini mazmundor va zavqli o‘tishiga boisdir. Ana shu maqsadning ro‘yobini intellektual va ko‘ngilochar dasturlarda yanada teranroq his etishi mumkin.
16 may kuni "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik- tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ta ta’lim muassasasining talaba yoshlari o‘z jamoalari bilan qatnashishdi. Ular orasida Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi bo‘lib ular bilan institutimiz yoshlar jamoasi musobaqalashdi.
Shuni faxr-u iftixor bilan aytish mumkinki, institutimizning "TARG‘IBOT" jamoasi talaba yoshlari 1 - o‘rinni qo‘lga kiritib keyingi bosqichga yo‘l oldi. "Targ‘ibotchilar" bundan keyin ham g‘oliblik bayrog‘ini qo‘ldan bermasligiga ishonamiz va ularga omadlar yor bo‘lishini tilaymiz.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov