2021-yil 19-mayda institutning 5 nafar iqtidorli talabalariga “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasi sertifikatlarini topshirish tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 18-maydagi PF-5044-sonli “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2972-sonli qarorida gidroenergetika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, respublikamiz energetika tizimida gidroenergetikaning ulushini ko‘paytirish, shuningdek jamiyat tizimi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

“O‘zbekgidroenergo” AJ va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) o‘rtasida 2018-yil 28-avgustda ikki tomonlama imzolangan shartnoma hamda Aksiyadorlik Jamiyati Boshqaruvi raisining 2021-yil 01-martdagi 27-sonli buyrug‘iga asosan: “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi Sh.N.Dushaboevga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning bazaviy miqdori (MHTBM)ning 5 barobari, “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabalari Sh.D.Malikovga va Sh.Q.Sharopovga (MHTBM)ning 4 barabari, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari B.O.Komiljonovga va N.M.Jalgasbaevaga (MHTBM)ning 3 barabari miqdoridagi nomli stependiyani 2021- yil fevraldan iyul oyigacha to‘lash belgilandi.

“O‘zbekgidroenergo”AJ stependiyasi uchun o‘tkazilgan tanlovda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 nafar iqtidorli talabalarga nomli stependiya sertifikatlari 2021-yil 19-may kuni “O‘zbekgidroenergo”AJ Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sohibovich Sunnatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda, “Gidrotexnika qurilishi” va “Qishloq va suv  xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetlarining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. “O‘zbekgidroenergo”AJ stipendiyasi sohiblarini professorlar B.B.Hasanov va A.J.Isakov tabriklashdi. O‘z navbatida nomli stipendiyaga sazovor bo‘lgan iqtidorli talabalar “O‘zbekgidroenergo”AJ va TIQXMMI rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

 

“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan

ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosar  A.I.Azimov

TIQXMMI matbuot xizmati